Xorazm viloyati kubogi. Dastlabki finalchi ma'lum

Narzulla Saydullayev
27 iyul 2014, 18:33
Urganch olimpiya zaxiralari o'yingohida 2014 yilgi Xorazm viloyati kubogining ilk yarim final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda viloyat markazining ikki jamoasi -“Urganch OZK-2” (murabbiyi Islom Abdusharipov) va “Dinamo” (murabbiyi Rashid Rahimov) jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. O'yinning asosiy vaqtida g'olibni aniqlashni imkoni bo'lmadi, 2:2. Penaltidan to'p tepish borasida “Urganch OZK-2” jamoasi futbolchilari 4:2 hisobida g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Ikkinchi finalchi bir necha kundan keyin “Olimpiya” (Urganch shahri) va “Yangibozor” (Yangibozor) jamoalari o'rtasida kechadigan uchrashuvdan so'ng aniqlanadi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia