"Xorazm" – "Turon" bahsida qanot hakami xatoga yo'l qo'ygani ma'lum qilindi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2022, 16:12
O'zbekiston Pro ligasining 20-turidan o'rin olgan "Xorazm" – "Turon" uchrashuvining 29-daqiqasida mezbonlar jarima maydonchasi ichida ro'y bergan holat Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko'rib chiqildi.

Unga ko'ra, "Turon" jamoasi tomonidan jarima zarbasi amalga oshirilganidan so'ng jarima maydonchasi ichida farg'onaliklar urgan gol "o'yindan tashqari holatda" deb inobatga olinmadi.

"Hakam bu vaziyatda o'yindan tashqari holatni qayd etib, xato qaror qabul qilgan. Gol inobatga olinishi kerak edi", – deyiladi Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonotida.

Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan uchrashuv yordamchi hakami harakatlari yuzasidan chora ko'rilishi uchun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo'mitasiga taqdimnoma kiritilganini ma'lum qilamiz. 


VIDEONI KO'RISH

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази