"Xorazm" Superligada uy o'yinlarini qayerda o'tkazadi?

Iskandarov Abdulaziz
21 yanv 2025, 12:05
Superliganing 16-ishtirokchisi bo'lgan "Xorazm" yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Ayni paytda Hakim Fuzaylov boshchiligidagi jamoa Toshkentda hozirlikni olib bormoqda. Superligada ishtirok etadigan klub albatta faqat tarkib emas, stadion borasida ham shay holatda turishi lozim. Urganchdagi arena maydoni chimi talabga javob bermasligini hisobga olsak, u yerda FIFA talablariga javob beradigan sun'iy yoki gibrit maydon qilinishi kutilmoqda. Ungacha esa jamoa uy o'yinlarida raqiblarini Toshkent viloyatidagi "Do'stlik" stadionida qabul qilishi kutilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia