Xolger Badshtuber 19 oylik tanaffusdan so'ng "Bavariya" safida maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2014, 18:41
Og'ir jarohat tufayli bir yildan ortiq vaqtni davolanishga sarflagan himoyachi Xolger Badshtuber maydonga qaytmoqda, deb xabar bermoqda "Bild" nashri.
Futbolchi jamoaning fan-klubi "Qizil baronlar" jamoasiga qarshi o'ynaydi.

Uchrashuv juma kuni Memmingenda bo'lib o'tadi. So'nggi bor Badshtuber 2012 yil 1 dekabrida Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi uchrashuvda qatnashgandi.

2013 yilning may oyida u jarohatini yangilab oldi. Badshtuberu jami to'rtta operaciyani boshdan kechirdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net