Xoland – "Man Siti"ning yoz uchun asosiy maqsadi. Klub yanvarda Rayola bilan uchrashadi

Omonjon To`xtamirzayev
13 okt 2021, 14:55
"Manchester Siti" "Borussiya" forvardi Erling Xolandni mavsum yakunida xarid qilmoqchi.

Yanvar oyida ingliz klubi vakillari futbolchi agenti Mino Rayola bilan ko'rishishlari kutilmoqda.

Norvegiyalik "shaharliklar"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Futbolchining otasi Alf-Inge Xoland "Siti" safida 2000 - 2003 yillar oralig'ida to'p tepgan.

Avvalroq xabar berilgandiki, Xolandning "Borussiya" bilan shartnomasida 75 million evro miqdorida tovon puli ko'rsatilgan. Boshqa ma'lumotlarga ko'ra, shartnomada aniq summa ko'rsatilmagan, lekin Dortmund klubi o'yinchiga 2022 yil yozida munosib taklif tushsa, transferga rozi bo'lishini ma'lum qilgan.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru