Xoland Chempionlar Ligasida gol urish bo'yicha Messini ortda qoldirdi

Omonjon To`xtamirzayev
8 noya 2023
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida "Yang Boyz" (3:0) darvozasini ikki bor ishg'ol etdi.

Futbolchi hisobida endilikda ushbu musobaqada 39 ta gol mavjud. Shu tariqa, norvegiyalik 24 yoshgacha gollari soni bo'yicha "Barselona" sobiq hujumchisi Lionel Messini (37 ta gol) ortda qoldirdi. Erling PSJ hujumchisi Kilian Mbappedan 1 ta gol ortda qolmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia