Xoland "Borussiya" uchun 77 o'yinda 78-golini urdi

Aziz Tukhtamuradov
15 yanv 2022
"Borussiya D" Bundesliga doirasida "Frayburg"ga qarshi o'yinda 5:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Dortmundliklar futbolchisi Erling Xoland uchrashuvda o'zining 77 va 78-gollarini urdi. Bu futbolchi uchun "Borussiya D" safida barcha turnirlardagi 77-o'yin edi. 

Mavsumdagi 12 ta o'yinda 15 ta gol bilan Xoland Bundesliga to'purarlari ro'yxatida 3-o'rinni egallab turibdi. Robert Levandovski ("Bavariya", 20 ta gol) va Patrik Shik ("Bayer", 17 gol) mavsumda Xolanddan ko'proq gol urgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta