"Xoffenxaym" "Tottenxem"dan Sessenonni ijaraga oldi

Alisher
5 okt 2020, 14:50
"Tottenxem" yarim himoyachisi Rayan Sessenon faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettiradi.

20 yoshli futbolchini "Xoffenxaym" klubi ijaraga oldi. Bitim mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Sessenon yangi klubida 17-raqam ostida to'p tepadi. Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, Sessenon o'tgan yilda "Fulxem"dan "shporlar" safiga o'tgandi. U 2018 yildan beri Angliyaning 20 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/tsghoffenheim