

Ma'lumotlarga ko'ra, Xitoy futbol federatsiyasi vakillari Sampaoli bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, murabbiy yiliga 15 mln evro ishlab topadi.
Sampaoli Marchello Lippi o'rnini egallishi mumkin. Italiyalik mutaxassis kelasi yilning yanvar oyida, Osiyo Kubogi yakunlanganidan so'ng Xitoy terma jamoasini tark etadi.
Xorxe Sampaoli qo'l ostidagi Argentina terma jamoasi JCH-2018da 1/8 finalgacha yetib bordi. Argentinaliklar ushbu bosqichda Fransiyaga mag'lub bo'ldi. Turnirdan so'ng Sampaoli milliy jamoani tark etdi.



