Xitoy klubi Vengerga 30 million funt maosh taklif qilmoqda

Narzulla Saydullayev
28 fev 2017, 08:08
Xitoy klubi Arsenal ustozi Arsen Vengerga qiziqib qoldi.

Nomi oshkor etilmayotgan klub fransiyalik murabbiyga yiliga 30 million funt maosh berishga tayyor. Biroq Venger bu taklifni o'rganib chiqmayapti.

Venger hamon Arsenal bilan shartnomani uzaytirgani yo'q. Klub unga 2 yillik shartnoma va yiliga 10 million maosh taklif qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk