Xitoy klubi vakili "Barselona" futbolchisini qariya deb atadi

Aslanov Jasurbek
9 dek 2017, 11:45
Xitoyning "Tyanczin Cyuanczyan" klubi "Barselona" himoyachisi Xaver Maskeranoga qiziqayotganini rad etdi.

"Maskerano haqidagi mish-mishlar haqiqat emas. Biz uni xarid qilishni rejalashtirmayapmiz. Kelasi yil katta natijalarga erishmoqchimiz, Maskerano biz uchun qariya va yangi mavsumdagi rejalarimizga to'g'ri kelmaydi" - deydi "Tyanczin Cyuanczyan" klubi vakili.

Oldinroq, Xitoy klubi Maskeranoga 3 barobar ko'proq maosh to'lamoqchi ekanligi haqida xabarlar e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tianjin Today Evening News