Xitoy klubi "Fiorentina" hujumchisi uchun 40 mln. evro taklif qilmoqda

Aslanov Jasurbek
27 dek 2016, 18:14
"Tyanczin Sunczyan" klubi rahbariyati "Fiorentina" hujumchisi Nikola Kalinichga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, xitoyliklar 28 yoshli futbolchi uchun 40 mln. evro taklif qilishdi, ammo Italiya klubi taklifni rad etdi.

"Fiorentina" Kalinichni 50 mln. evrodan kamiga sotmaydi. Uning shartnomasidagi badal puli shuncha. Xitoyning ikkinchi darajali ligasi vakili futbolchiga Italiyada olayotganidan besh marta ko'p maosh (10 mln. evro) to'lashga tayyor, ammo Kalinichning o'zi ham sharqqa ketmoqchi emas.

Nikola Kalinich va "Fiorentina" o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozigacha amalda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport