Xitoy klubi belgiyalik hujumchi uchun yaxshigina maosh taklif qilmoqda

11 okt 2019, 19:45
"Napoli" hujumchisi Dris Mertens faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda La Gazetta dello Sport nashri jurnalisti Nikolo Skira.

Xitoyning aytilmagan klubi 32 yoshli belgiyalik uchun 2 yilga 24 mln evro taklif qilmoqda.

Xitoyliklar futbolchi bilan qishda shartnoma imzolashmoqchi. Mertensning o'zi esa "Napoli" bilan shartnomani uzaytirishni ko'zlab turibdi. 

Joriy mavsum A Seriyaning 6 o'yinida qatnashgan Mertens 4 ta gol urib, bir marotaba golga hammualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/NicoSchira