Xitoy klubi Belgiya terma jamoasi hujumchisini o'z safida qo'rmoqchi

Alisher
24 may 2019, 11:34
"Kristal Pelas" hujumchisi Kristian Benteke faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

"Shandon Luneng" Belgiya terma jamoasining 28 yoshli futbolchisi bilan shartnoma imzolashmoqchi. Ular Bentekega yiliga 9 million evro miqdoridagi maosh berishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Benteke joriy mavsum APLda 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assistga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Times Sport