Xiddink Xitoy olimpiya terma jamoasini boshqaradi

Gollandiyalik mutaxassis Gus Xiddink Xitoy olimpiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi.

Bu haqda AD nashri xabar tarqatdi.

“Men nafaqaga chiqqan bo'lishimga qaramay bu yoqimli ish. Asosiy maqsadimiz 2020 yilgi Tokioda bo'ladigan Olimpiada o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritish”, deydi  71 yoshli mutaxassis.

Xiddinkning so'nggi ish joyi Londonning “Chelsi” klubi bo'lgandi. U 2015/16 yilgi mavsumda Joze Mourinyo iste'foga chiqarilgach, vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

U Gollandiya, Janubiy Koreya, Avtraliya va Turkiya terma jamoalarini boshqargan. Klublar miqyosida esa Gus PSV, “Fenerbaxche”, “Valensiya”, “Real”, “Betis” va “Anji” klublarida faoliyat yuritgan.

Xiddink qo'li ostida Rossiya terma jamoasi Evro-2008 musobaqasida yarim finalgacha yetib kelib, bronza medallarini qo'lga kiritgan.


Manba: AD