"Xetafe" to'purari: "Arsenal"ning menga qiziqishi kutilmagan holat bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
15 yanv 2024, 11:24
Ispaniyaning "Xetafe" jamoasi hujumchisi Borxa Mayoral "Arsenal"ning qiziqishlari haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Xetafe" hujumchisi Borxa Mayoral "Arsenal"ning unga bo'lgan qiziqishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.

"Bu men uchun kutilmagan holat bo'ldi. Men klub yoki agent bilan gaplashmadim. Hozir to'liq e'tiborimni "Xetafe"ga qaratganman", – dedi futbolchi.

Mayoral "Xetafe"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purari sanaladi. 26 yoshli hujumchi ushbu mavsum La Ligada 19 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com