Xerardo Martino: "Qolgan ettita bahs biz uchun finaldek o'tadi"
30 mar 2014, 01:57
"Barselona" ustozi Xerardo Martino "derbi"dagi muhim g'alaba haqida so'zlab o'tdi.
"Derbi"lar hech qachon oson kechmaydi. Bu yerda g'alaba qozonish o'zgacha bo'ladi. Qolgan ettita bahslar biz uchun finaldek o'tadi. Xato qilishga haqqimiz yo'q. Bu g'alabani Valdesga bag'ishlaymiz. Biz har doim uni qo'llab-quvvatlashga tayyormiz.