Xerardo Martino: Puyol xuddi debyut o'yinida maydonga tushadigandek tayyorlanmoqda

Narzulla Saydullayev
18 okt 2013, 19:51
Barselona bosh murabbiyi Xerardo Martino klub himoyachisi Karles Puyolning mavsumdagi ilk uchrashuviga qanday tayyorgarlik ko'rayotganidan hayratda.
Puyolning harakatchanligi meni qoyil qoldirmoqda. U o'yinga xuddi debyut uchrashuvida tushadigandek tayyorlanayotganmoqda. Mashg'ulotlardagi harakatlari menda iliq taassurot qoldirdi.

Osasunaga qarshi o'yinda Xerar Pike maydonga tushmaydi. Unda hech qanday jarohat yo'q, shunchaki biz unga dam olish imkonini berdik xolos, – deydi Martino.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru