Xedira nemis futbolchi elchisi bo'ldi

23 sen 2013, 17:40
“Real” klubi yarim himoyachisi Sami Xedira 2013 yilda nemis futboli nufuzini butun dunyo bo'ylab keng yoygani uchun, nemis futboli elchisi etib saylangan.

Qirollik klubi yarim himoyachisi ovozlar ko'rsatgich bo'yicha “Arsenal” futbolchisi Per Mertezakerni va “Lacio” klubi vakili Miroslav Klozeni ortda qoldirgan.

“Men uchun bunday sovrinni qo'lga kiritish katta sharaf. Bu so'nggi uch yilda “Real”da katta ishni amalga oshirganimdan dalolat beradi.

Men juda baxtliman va “Real”da yana ko'p yillar o'ynashda davom etaman”, - deydi Xedira.


Manba: sports.ru