Xaynkes: “Noyer JCH-2018 da to'p tepishiga ishonaman”

17 fev 2018, 01:11
“Bavariya” bosh murabbiyi Yupp Xaynkes darvozabon Manuel Noyerning jarohatdan tiklanishi haqida gapirdi.

“Biz unga bosim o'tkazmaymiz. Jarohatdan qaytishi borasida hech qanday muddat belgilanmagan. O'ylaymanki, u “Bavariya” uchun hali maydonga tushadi va Rossiya maydonlarida o'tadigan jahon chempionatida ham qatanashadi. Maydonga qaytish haqidagi qarorni u tibbiy guruhimiz bilan kelishib qabul qiladi. U tavakkal qilmasligi lozim”, deya Xaynkesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda As nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: As