Xaynkes effekti: 9ta g'alaba va 22:4

Narzulla Saydullayev
23 noya 2017, 10:04
"Bavariya" Yupp Xaynkes jamoaga qaytgach ajoyib o'ynashda davom etmoqda.

YCHL 5-turida "Bavariya" safarda "Anderlext"ni mag'lub etdi (2:1).

Xaynkes boshchiligda myunxenliklar 9ta o'yindan 9tasida g'olib chiqishdi. To'plar nisbati - 22:4. Beshta g'alaba bundesligada, uchtasi YCHLda va bittasi Germaniya kubogida qo'lga kiritildi.

72 yoshli murabbiy "Bavariya"ni mavsum oxirigacha boshqaradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe