Xaynkes: "Anchelotti - jentlmen, buyuk murabbiy"

Aslanov Jasurbek
9 okt 2017, 17:43
"Bavariya" yangi bosh murabbiyi Yupp Xaynkes 28 sentyabr kuni iste'foga chiqarilgan hamkasbi Karlo Anchelottini maqtadi.

"Anchelotti - jentlmen va buyuk murabbiy. Bu men ayta oladigan bor gap. Avvalroq ushbu o'rinni egallagan inson haqida gapirish noto'g'ri.

Yoshim ahamiyatga ega emas. Bazilar 45 yoshdayoq o'zini qari hisoblashadi. Men o'zgarganim yo'q. Musiqa va sportni yaxshi ko'raman. O'zimni yosh his qilaman.

Ish haqida gapiradigan bo'lsam - jamoamizning o'z darajasi bor. Vazifam - bu darajani ko'rsatish. Nimadan boshlash kerakligini bilaman" - deydi Xaynkes.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Deutsche Welle