Xavining “Barselona”dagi kelajagi ma'lum

Khoja
26 yanv 2024, 12:47
“Barselona” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xavining kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Sport nashrining ma'lum qilishicha, Xavi yaqin orada iste'foga chiqarilmaydi. Unga kamida mavsumni yakunlab qo'yish imkoni beriladi.

Eslatib o'tamiz, 25 yanvar kuni “Barselona” Ispaniya kubogining chorak finalida mag'lub bo'ldi. Shuningdek, jamoa Ispaniya superkubogi uchun kechgan bahsda “Real Madrid”dan sharmandali mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Ayni vaqtda La Liga turnir jadvalining 3-pog'onasida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Sport