Xavi shartnoma borasidagi kelishmovchilikka qaramay, Dembeleni "Atletik"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda tushirishni rejalashtirmoqda

Alisher
19 yanv 2022, 18:47
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi vinger Usmon Dembeleni tarkibdan chetlatishni rejalashtirmayapti.

Xavi "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomani uzaytirish borasidagi kelishmovchiligiga qaramay, 24 yoshli xavbekka ishonmoqda.

Francuz "Atletik"ga qarshi Ispaniya Kubogi doirasidagi o'yinda nafaqat qaydnomada, balki asosiy tarkibda o'ynashi kutilmoqda.

"Atletik" - "Barselona" bahsi 20 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As