

"Menga Pyanich juda ham yoqadi, u maydonni noyob tarzda ko'ra oladigan ajoyib futbolchi. U o'yinda doim oldinga qaraydi va katta texnik imkoniyatlarga ega. Bugun uning "Yuventus"ga qarshi o'yini menga manzur keldi. Ko'ramiz, transfer oynasi so'nggiga qadar nima bo'larkin", - deydi Xavi.
32 yoshli bosniyalik o'tgan mavsumni ijara asosida "Beshiktosh"da ijara asosida o'tkazdi va 26ta o'yinda 4ta assist qayd etdi.
Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.



