Xavi Dembele haqida: "U vaziyatni juda yaxshi tushunib turibdi. Hammasi Usmanning o'ziga bog'liq"

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2022, 00:00
Futbolchi va klub o'rtasidagi munosabat yomonlashib bormoqda

"Barselona" klubi bosh murabbiyi Xavi jumoa hujumchisi Usman Dembelening shartnomasi haqida gapirdi.

"Bu o'rinda ortiqcha bahsga o'rin yo'q. Barchasi Usmanning o'ziga bog'liq. Vaziyat esa o'sha-o'sha. U vaziyatni juda yaxshi tushunib turibdi.

Hozirda u jamoa bilan yaxshi mashq qilmoqda. Transfer oynasi yakunlanishiga qadar bir necha kun bor. Usman yo ketishi kerak yoki shartnomasini uzaytirishi lozim. Biz hozir bir necha transferlarni o'ylayapmiz. Men klub prezidentiga qaysi poziciyalarni kuchaytirish kerakligini aniq tushuntirdim", -deydi Xavi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ESPN