Xavi "Barselona"ning chempionlik uchun imkoniyatlarini baholadi

Mirjalol Normatov
19 dek 2023, 20:50
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoasining LaLigadagi chempionlik uchun imkoniyatlarini baholadi.

"Almeriya"ga qarshi o'yin biz uchun juda muhim, ketma-ket uch safar o'yinida g'alaba qozona olmadik. Ishonishda davom etish uchun bizga g'alaba, 3 ochko kerak. LaLiga chempionligi uchun imkoniyatlar etarlicha. Qiyin bo'lmoqda, biroq qadam va qadam oldinga intilishimiz kerak.

LaLigadagi raqobatni yana qaytara olishimizga ishonaman, buning uchun muvaffaqiyatsizlikka uchramasligimiz kerak. Bizni faqatgina o'z xatolarimiz jazolamoqda. O'z navbatida "Jirona" va "Real" ham xato qilmayapti", - dedi Xavi.

Ayni damda "Barselona" LaLiga turnir jadvalida yetakchi "Jirona"dan 9 ochko ortda qolgan holda 3-o'rinni egallab turibdi. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 20 dekabr kuni "Almeriya"ga qarshi o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca