Xavi “Barselona”da Gvardiolani ortda qoldirdi

Eldor Akmurzayev
7 mar 2023
La Liga doirasida “Barselona” 1:0 hisobida “Valensiya”dan ustun keldi.

Xavi uchun bu kataloniyaliklar boshqaruvida chempionatdagi yubiley 50-o'yini bo'ldi va u umumiy 118 ochko jamg'ardi. Xavi dastlabki 50 o'yindagi ochkolar soni bo'yicha Pep Gvardiolani (117) ortda qoldirdi. Bu borada rekord esa Luis Enrikega tegishli – 127 ochko.

“Ko'k-anorranglilar” ayni vaqt Primera jadvalida 62 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta