Xavi “Barselona”da 4 futbolchini ko'rishni xohlamoqda

Eldor Akmurzayev
4 noya 2021, 09:45
"Al Sadd" ustozi Xavi tez orada kataloniyaliklar bosh murabbiyi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda.

Ispaniyalik mutaxassis klubda ko'rishni istayotgan futbolchilar ro'yxatini tuzdi. Undan quyidagi futbolchilar o'rin olgan: “Borussiya D” forvardi Erling Xoland, MYU yarim himoyachisi Pol Pogba, “Leyptsig” vingeri Dani Olmo, “Sevilya” himoyachisi Jyul Kunde.

Xavi birinchi navbatda Xolandni “Barsa”da bo'lishini istamoqda. “Ko'kanorranglilar” prezidenti Joan Laporta ham norvegiyalik iqtidor egasini transfer qilishga qarshi emas.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El Nacional