Xavi: "Barselona" YCHLdan chiqib ketsa, Yevropa Ligasida g'oliblik uchun kurashadi"

Iskandarov Abdulaziz
25 okt 2022, 20:15
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Chempionlar Ligasi uchrashuvlaridan oldin fikrlarini bildirdi.

"Biz bu musobaqadagi yurishimizni davom ettirmoqchimiz. Ammo bu amalga oshmasa, Yevropa Ligasida g'oliblik uchun kurashamiz.  Bizning xarakterimiz zaiflashmasligi kerak. "Klassiko"da yutqazib qo'yganimizdan so'ng, "Vilyareal", "Atletik" kabi jamoalarga qarshi yaxshi harakat qildik. Agarda pley-offga chiqa olmasak, o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmasligimiz lozim. "Bavariya" kabi jamoalar bilan raqobatlashish va yuta olishimizni ko'rsatishimiz zarur" - deydi Xavi. 

Eslatib o'tamiz, "Barselona" Yevropa Ligasiga tushib ketishga yaqin turibdi. Agarda "Inter" 5-turda "Viktoriya Plzen" jamoasini mag'lubiyatga uchratsa, yuqoridagi holat sodir bo'ladi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Marca