Xavi "Barselona" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Alisher
4 okt 2019, 10:43
Qatarning "Al Sadd" klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes sobiq klubini boshqarishi mumkin.

"Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Ernesto Valverde iste'foga chiqarilgan taqdirdagina Xavi jamoaga olib kelinishi mumkin.

Xabar berilishicha, Xavi "Barselona"ga o'tishga rozilik bergan va kataloniyaliklarning transfer kompaniyasini rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Xavi futbolchilik faoliyati davomida 1998-2015 yillarda "Barselona"da o'ynagan.

Xavi shu yildan e'tiboran "Al Sadd"ni boshqarib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail