Xavi "Barsa"ga yuqori saviyadagi markaziy himoyachi kerak deb hisoblaydi. Unga Kunde yoqadi

Alisher
6 fev 2022, 15:04
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Kataloniya klubi rahbariyati "Borussiya" o'yinchisi Erling Xoland bilan shartnoma imzolash g'oyasi bilan band. Ammo, Xavi natijalar yaxshilanishi uchun yuqori saviyadagi markaziy himoyachi kerak deb hisoblaydi.

Murabbiyga "Sevilya"dan Jyul Kunde juda ham yoqadi. Xavining fikricha, francuz kuchli, texnikali va ko'p qirrali bo'lajak himoyachi profiliga ega.

Qayd etish kerakki, bitimni amalga oshirish qiyin. "Sevilya" futbolchi uchun doim 80 mln evrolik tovon puli so'rab kelgan. Shu bilan birga, "Chelsi" ham o'yinchi uchun da'vogarlik qilmoqda.

Barchasiga qaramay, "Barselona" agar kelishuv uchun moliyaviy imkoniyat bo'lsa, Kunde Kataloniya klubini tanlashiga ishonadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport