Xavi 84 yillik noxush ananani takrorladi

Khoja
22 apr 2024
Real Madriddan uchralgan kechagi mag'lubiyat Xavi uchun El Klassikolardagi qatorasiga to'rtinchisi bo'ldi.

La Liganing 32-turida Barselona Real Madridga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu mag'lubiyatga qadar Xavi boshqaruvidagi Kataloniya jamoasi madridliklarga 1:4, 1:2 va 0:4 hisoblarida taslim bo'lishgandi.

Xaviga qadar faqatgina Patrik O'Konnell boshqaruvidagi Barselona Qirollik klubiga to'rt marta ketma-ket mag'lub bo'lgan. Bu noxush seriya 1936-1940 yillarda sodir bo'lgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com