Xavertc: “Boshida odamlar yangi Krishtianu Ronaldu bo'lishimni kutishgandi”

Eldor Akmurzayev
16 iyun 2021
“Chelsi” a'zosi Kay Xaverc London klubiga moslashishdagi qiyinchiliklari haqida gapirdi.

“Odamlar yangi Krishtianu Ronaldu bo'lishimni kutishgan edi, ammo bu u qadar tez sodir bo'lmaydi. Barchasi juda yangi edi va boshida odatdagi eng yaxshi futbolimni namoyish eta olmadim. “Chelsi”da umuman boshqa darajadagi bosimga duch keldim. “Bayer”da esa bunday bo'lmagandi”, deydi Kay.

22 yoshli yarim himoyachi 2020/21 yilgi mavsum APLda 27 o'yinda qatnashib, 4+3 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Süddeutsche Zeitung