Xaverc betobligi sabab Belgiyaga qarshi maydonga tushmaydi. Futbolchi Germaniya termasi qarorgohini tark etdi

Administrator
27 mar 2023, 00:42
"Chelsi" futbolchisi sog'ligidagi muammo sabab terma yig'inlarini tark etdi.

Germaniya terma jamoasi futbolchisi Kay Xaverc sog'lig'idagi muammo sabab jamoa yig'inini tark etdi. Endi futbolchi Belgiyaga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi. Bu haqda rasman Germaniya termasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari, sonidagi muammosi sabab Germaniya tarkibida Niko Shlotterbek ("Borussiya Dortmund") ham Belgiyaga qarshi o'ynay olmaydi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/DFB_Team_EN