Xaver Grasiya: “Ajoyib start oldik, ammo endigina 4 ta tur ortda qoldi”

4 sen 2018, 08:05
“Uotford” bosh murabbiyi Xaver Grasiya APL 4-turida “Tottenhem” (2:1) ustidan qozonilgan g'alaba va turnir jadvalidagi peshqadamlik haqida gapirdi.

“Biz ajoyib start oldik. O'tkazilgan barcha to'rt uchrashuvda g'alaba qozondik va bundan xursandmiz. Ammo endigina to'rtta tur ortda qoldi, xolos. 

Dini – ajoyib futbolchi. Men u bilan suhbatlashganimda har gal “nafaqat maydonda, balki maydondan tashqarida ham muhim futbolchi” ekanligini aytaman. “Totenhem”ga qarshi bellashuvda u yana o'zini ko'rsatdi”, deydi Grasiya.

APL 5-turida “Uotford” o'z maydonida “Manchester Yunayted” bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ВВС