Xato "Chelsi" bilan shaxsiy shartlarni kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2025, 14:36
Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Chelsi" "Ayaks" himoyachisi Yorrel Xato transferi bilan faol shug'ullanmoqda.

"Ko'klar" allaqachon 19 yoshli futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan va Xato o'zining hozirgi jamoasidan "Chelsi"ga o'tishga ruxsat berishni so'ramoqda.

Chap qanot himoyachisining transfer narxi 40 million evro atrofida bo'lishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano