

29 yoshli angliyalik posbonning fikricha, u Xosep Gvardiola qo'l ostida baribir o'yin amaliyotiga ega bo'la olmaydi. Shu sababli boshqa jamoaga o'tishni istamoqda. O'z o'rnida "Torino"da ham qolishi qiyin. Chunki, turinliklar uning transferini sotib olish va maoshini to'lash imkoniyatiga ega emaslar.




