Xarri Keyn "Real"ga qarshi o'yinda ham ishtirok etmasligi mumkin

Tolibjon Qosimov
30 okt 2017, 19:07
"Tottenxem"ning argentinalik bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klub to'purari Xarri Keyn YCHL 4-turi doirasidagi "Real"ga qarshi o'yinda ham ishtirok eta olmasligi mumkinligini ma'lum qildi.

"Shifokorlar bilan yana maslahatlashamiz va Xarri Keyn borasida eng yaxshi qarorni qabul qilamiz. Bu mavsumdagi so'nggi va final o'yini emas. Oldinda ko'plab bellashuvlar bor, shuning uchun ham Keyn bilan tavakkal qilmaymiz", - dedi Pochettino.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: A Bola