Xames yangi jamoasi bilan shartnoma imzolash uchun Madridga uchib bordi

Mirjalol Normatov
22 avg 2024, 22:22
Xames Rodriges "Rayo Valekano"ga o'tishga yaqin.

Kolumbiyalik futbolchi transfer ishlarini yakunlash uchun Madridga uchib borgan. O'tgan mavsumni "San-Paulu" tarkibida o'tkazgan 33 yoshli xavbek klubi bilan shartnomasini ertaroq yakunlashga qaror qildi. U "Rayo"ga erkin agent sifatida o'tmoqda.

Ispaniyada futbolchi "Real" tarkibida mashhurlikka erishgan. U "qirollik klubi" libosida 125 o'yinda qatnashib, 37 gol va 42 assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal