Xames Rodriges "Atletiko"ga o'tmoqchi

Alisher
15 apr 2022, 18:47
"Ar Rayyan" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Atletiko"ga o'tishni xohlamoqda.

Kolumbiyalik futbolchi Yevropaga qaytmoqchi va 2022 yilda ispan klubiga o'tishi mumkin.

30 yoshli yarim himoyachi "Ar Rayyan"da 2021 yilning sentyabr oyidan beri o'ynaydi, uning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Rodriges joriy mavsum Qatar klubi safida barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com