Xames "Nyukasl"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
31 okt 2020, 11:57
Kolumbiyalik kichik jarohat oldi.

"Everton" xavbeki Xames Rodriges APL 7-tur doirasidagi "Nyukasl"ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi.

"U barcha o'yinlarda maydonga tushdi. Unda kichik muammo bor, shunday ekan dam olishi kerak. U keyingi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda tayyor bo'ladi", - deydi Anchelotti.

Xames joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: evertonfc.com