Xames "Istanbul Bashakshexir"ga o'tishni rad etdi

Alisher
9 sen 2021, 15:40
"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Istanbul Bashakshexir"ga o'tishdan bosh tortdi.

Bu haqda jurnalist Yagiz Sabunchoglu xabar bermoqda.

Turk klubi angliyaliklar bilan ijara shartnomasi borasida kelishuvga erishdi, ammo 30 yoshli kolumbiyalik va uning agenti bilan kelishishning iloji bo'lmadi.

Xames "Everton"ga 2020 yilning sentyabrida o'tgan edi. Futbolchi joriy mavsumda hali maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/yagosabuncuoglu