Xames: "Doimo shunday zarbalarni mashq qilaman va gol urganimdan xursandman"

Aslanov Jasurbek
30 apr 2015, 16:10
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Almeriya"ga qarshi kechgan bahsda o'zi urgan golga izoh berdi.

Kolumbiyalik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan chiroyli zarbasi bilan raqib darvozasini nishonga oldi.

"Hammasi juda tez sodir bo'ldi. Doimo shunday zarbalarni mashq qilaman va gol urganimdan xursandman. Maqsadim jamoaga iloji boricha ko'proq yordam berish" - deydi Rodriges.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com