Xalqaro o'rtoqlik o'yini. Bugun O'zbekiston MTJ Venesuelaga qarshi maydonga tushadi (+ko'rish uchun link)

Eldor Akmurzayev
28 mar 2023
Bugun, 28 mart kuni Saudiya Arabistonida yig'in olib borayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik o'yinini Venesuelaga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv 23:00 da Jiddadagi “King Abdullah Sport City” stadionida boshlanadi. 

Srechko Katanets shogirdlari bundan oldin Boliviyani Eldor Shomurodovning yagona goli evaziga 1:0 hisobida mag'lub etishgandi.

Ma'lumot o'rnida, Venesuela FIFA reytingida 55-o'rinda, O'zbekiston esa 77-pog'onada turibdi.


O'zbekistonning ertangi raqibi Venesuela Osiyo terma jamoalariga qarshi qanday natijalar qayd etgan?


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia