Xalqaro musobaqa. Belgiya U19 - O'zbekiston U17 - 1:1

Narzulla Saydullayev
13 okt 2018, 23:08
Ispaniyadagi xalqaro musobaqada Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston U17 terma jamoasi 2-turni Belgiya U19ga qarshi o'tkazdi.

10 oktyabr kuni Shotlandiya U-18 bilan durang o'ynagan o'smirlarimiz bugun o'zlaridan ikki yosh katta Belgiya bilan o'ynashdi. Uchrashuvda vakillarimiz hisobni ochishdi. Hojimat Erkinov gol urdi. 

Ikkinchi taym oxirida yevropaliklar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi - 1:1. 

15 oktyabr kuni G'ulomxo'jaev jamoasi Fransiya U-18 bilan o'ynaydi. 


13 oktyabr, shanba
Marbella, Ispaniya

BELGIYA U19 - O'ZBEKISTON U17 1:1
Gollar: 
Hojimat Erkinov, 16 (0:1). Kiril Ngonge, 79 (1:1).
Ogohlantirishlar: Saidazamat Mirsaidov (62). Muzaffar Olimjonov (70).

Belgiya U19: 1. Robin Mantel - 2. Muhammad Bushari, 3. Joren Leyssens, 4. Lars Dendonker, 5. Maksim Dekyuper - 6. Matyu de Smet, 8. Tomas Dure, 10. Teo Leoni - 9. Ibrahim Junior Kargbo,  11. Usman Bussaid, 19. Kiril Ngonge.
Zaxiradagilar: 12. Korentin Mishel, 23. Tomas Rosala; 14. Ivud Pletink, 15. Brent Laes, 17. Shavn Adevoye, 20. Tieri Lutonda; 13. Maksime de Bie, 16. Matias Llosi, 18. Rabbi Muenda; 7. Lois Openda.

O'zbekiston U17: 1. Abduvohid Ne'matov - 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 4. Odil Abdumajidov, 14. Sunnat Hamidjonov, 2. Saidazamat Mirsaidov - 9. Mironshoh Sattorov, 15. Diyor Ramazonov - 10. Jasur Jaloliddinov (11. Begzod Shamsiev, 90) - 20. Xushnud Bozorov (22. Muzaffar Olimjonov, 30, 23. Eldor Begimov, 82), 17. Hojimat Erkinov - 7. Abdulaziz Abdusalomov (16. Muhammadqodir Rahimbergenov, 50,  
18. Ulug'bek Hoshimov, 82).
Zaxiradagilar: 12. Asad Polvonov; 3. Asliddin Toshtemirov, 5. Sodiq Ortiqov; 8. Ibrohim Ibragimov, 13. Alisher Odilov, 19. Ruslan Roziev.


Tarkiblar Diyor Imomxo'jaevning telegramdagi kanalidan olindi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia