"Zenit" hujumchisi Xalk Braziliya terma jamoasidan taklif olmaganidan ranjiganini ma'lum qildi.
Bundan xafa bo'ldim. To'g'ri, kimni chaqirish kerakligini bosh murabbiy hal etadi. Dunga nimalarni o'ylaganini hech kim bilmaydi. Terma jamoaning hozirgi muhitidan bexabarman. Bilmay turib gapirmagan maqul.