Xakimi koronavirusga ikkinchi manfiy test topshirdi va "Jenoa"ga qarshi o'yinda maydonga tushishga tayyor

Alisher
24 okt 2020, 16:03
"Inter" himoyachisi Ashraf Xakimi A Seriya 5-tur doirasidagi "Jenoa"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, futbolchi chorshanba kuni Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasiga qarshi o'yinda koronavirus uchun musbat test sabab maydonga tusha olmagan edi.

Shundan so'ng Xakimi manfiy test topshirdi va uning bugungi testi ham koronavirus yo'qligini ko'rsatdi.

Eslatib o'tamiz, 21 yoshli Xakimi "Inter"ga "Real"dan sentyabr oyining boshida 54 million evro evaziga o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AchrafHakimi