Xadson-Odoi "Borussiya"ga o'tolmaganidan ranjidi

Aslanov Jasurbek
3 sen 2021
"Chelsi" futbolchisi Kallum Xadson-Odoi Tomas Tuxelning "Borussiya Dortmund"ga o'tishiga to'sqinlik qilganidan hafsalasi pir bo'ldi.

"Aristokratlar"ning 20 yoshli vingeri avgust oxirida klubini o'zgartirishga yaqin edi. Transfer mavsumida Dortmundning "Borussiya" klubi uni tarkibiga qo'shib olishga tayyor edi. Germaniya jamoasi futbolchini bir mavsumga ijaraga olmoqchi bo'lgan.

Xadson-Odoi Premer-liganing dastlabki uchrashuvlarida qatnashmagan bo'lsa-da, Tomas Tuxel uni ijaraga berishni istamadi.

"Chelsi" futbolchisi asosiy tarkibdan o'rin olmasligini anglagan holda muzokaralar buzilganidan ranjidi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic