Xabi Alonso mavsumdagi ilk mag'lubiyatdan keyin: "Bu og'riqli"

Narzulla Saydullayev
23 may 2024, 11:05
Yevropa ligasi finalidagi mag'lubiyatdan keyin "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso o'z fikrlarini bildirdi.

"Albatta, bu og'riqli mag'lubiyat. Ammo bu mag'lubiyatdan ijobiy xulosalarni chiqarish kerak. Biz erishgan natija bilan faxrlanishimiz mumkin. Biz uchun yaxshigina dars bo'ldi.

Bugun g'alaba qozonishimiz mumkin edi, ammo barchasi rejamizga ters kechdi. Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olmadik: barchamiz, men ham. Mag'lubiyat va bunday og'riqqa qanday chidash biz uchun katta chorlov bo'ladi", - dedi Alonso UEFA rasmiy saytiga.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com